19:55
Zudlik bilan qutulishingiz kerak bo‘lgan 10 ta yomon odat

Odam asosan ikkita organi — yuragi va miyasi sharofati bilan yashaydi. Biroq ushbu tana a’zolarini asta-sekinlik bilan yemiruvchi ba’zi odatlar borki, ulardan tezroq qutulgan ma’qul.

1. Nonushtadan voz kechish


Nonushta qilmaydigan kishilar qonida glyukoza miqdori juda past bo‘ladi, bu bosh miya faolligini susaytiradi.

2. Keragidan ortiqcha yeyish


Me’yoridan ortiq ovqat yeganingizda organizm qon tomirlari va bosh miya tomirlarida xolesterin to‘playdi.

3. Chekish


Sigareta miya faoliyatiga zarar yetkazadi va bosh miya hujayralarini yemiradi. So‘nggi tadqiqotlar esa chekish Alsgeymer kasalligi sabablaridan biri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

4. Ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilish


Qanchalik ko‘p shakar iste’mol qilsangiz, shunchalik ko‘p toksinlar va ortiqcha vazn hosil bo‘ladi, organizmdagi foydali moddalar ham kamayadi.

5. Ifloslangan havoda ko‘p bo‘lish


Ushbu omil sizga ko‘p ham bog‘liq bo‘lmasa-da, shuni bilishingiz kerakki, agar miyaga kislorod yetishmasa, uning faoliyati sezilarli darajada pasayadi.

6. To‘yib uxlamaslik

Yetarlicha uxlamaslik bosh miya hujayralari yemirilishiga olib keladi.

7. Narkotiklar va spirtli ichimliklar iste’mol qilish


Ushbu moddalar bosh miya faoliyatini ortga qaytarib bo‘lmaydigan darajada izdan chiqaradi.

8. Kasallik vaqtida ishlash


Tobingiz qochgan vaqtida zo‘riqib aqliy mehnat qilish miya faoliyatiga zarar yetkazadi, chunki bu paytda organizm o‘zidagi barcha manbalarni kasallik bilan kurashishga sarflaydi. Bunday davrlarda miyaga yetarlicha kislorod bormaydi.

9. Rivojlanishning yo‘qligi


Miya doimiy ravishda rivojlanishi kerak, shuning uchun televizor ko‘rish o‘rniga kitob o‘qing, krossvord yeching yoki shaxmat o‘ynang.

10. Kamgaplik


So‘zlashish ham bosh miyani rivojlantirishning bir usulidir. Suhbatlasha turib, siz faktlarni eslab qolasiz, yangi so‘z va iboralarni o‘rganasiz, shu tariqa, miyani mashq qildirib, uni doimiy faollikda tutasiz.
Категория: Qiziqarli Ma`lumotlar | Просмотров: 374 | Добавил: Shahbozbek-Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar