16:21
Ziyodaning dam olishga vaqti yo'q

Yaqindagina eng so‘nggi ijod mahsulini saytimiz orqali premьera qilgan xushovoz va yoqimtoy xonanda Ziyoda bir fursat ham dam olmasdan qizg‘in ijod bilan band. ''Hayolim'' qo‘shig‘iga suratga olingan yangi videoklip muxlislariga manzur bo‘lganidan ilhomlangan Ziyoda, ''O‘yna-o‘yna'' taronasiga ham klip yaratish niyatida ekan.
Ayni kunda ana shu videomahsulot g‘oyasi ustida taniqli klipmeyker Narimon Sultonxo‘jaev bilan maslahatlashmoqda.
Ziyoda muxlislari uchun yangi yilda yana bir tuhfa hozirlaganini alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Xonanda o‘zining navbatdagi, ya’ni beshinchi alьbomini taqdim etdi. “Assalom” deya nomlangan ushbu alьbomdan Ziyodaning eng yangi va sara qo‘shiqlari joy olgan bo‘lib, ularni yaratishda Furqat Bobojonov, Bahodir Nizomov, Umid Obidov kabi ijodkorlar bilan hamkorlik qilgan.

Oldinda yangi klip tasvirga olish jarayonlari boshlanishi kutilmoqda, biz esa siz uchun aynan suratga olish maydonidan fotoreportajlarni havola etamiz. Kuzatib boring va sevimli xonandangiz ijodidagi eng so‘ngggi yangiliklardan boxabar bo‘ling.
Категория: Shou-Biznes Yangiliklari | Просмотров: 352 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar