06:53
Yaponiyaning Fudzi tog‘ida bepul Wi-Fi o‘rnatildi
Sayyohlarning ko‘plab iltimoslarini inobatga olib, dunyoda tog‘ turizmi uchun eng ommalashgan joylardan biri — Yaponiyaning Fudzi tog‘ida Wi-Fi’dan foydalanish nuqtalari o‘rnatildi. Bu haqda “ 3dnews.ru” xabar bermoqda.
Fudzida simsiz Internetdan foydalanish nuqtalarini joylashtirish loyihasidan asosan ikki maqsad ko‘zda tutilgan. Birinchisi — sayyohlarni ular ko‘nikib qolgan raqamli muhit bilan ta’minlash, ikkinchisi esa ularga ob-havo holatidan uzluksiz xabardor bo‘lib turish imkoniyatining yaratilishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lum qilish.
Wi-Fi’dan u faollashtirilganidan so‘ng 72 soat davomida foydalanish mumkin bo‘ladi.
manba: daryo.uz
Категория: Dunyo Xabarlari | Просмотров: 292 | Добавил: Adminstrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar