19:38
Xonanda Husan endi shoirlikka qo'l urmoqda
Yosh va iste'dodli xonanda Husan endilikda ijodini shoirlikka bag'ishlashni niyat qilgan ko'rinadi. Sababi xonanda yozgan matn asosida qo'shiq yaratildi.
Mubina ismli qizlar uchun atalgan qo'shiq aynan shunday ataladi. Bu qo'shiqning so'zini Husan yozgan bo'lib, tarona uchun musiqani Farruh Sirojiddinov bastaladi. Qo'shiq ijrochisi Husanning o'zi. Tarona bugun radioto'lqinlar orqali ilk bora tinglovchilarga taqdim etildi.
Sevgi-muhabbat, go'zal tuyg'ular tarannum etilgan qo'shiq tinglovchilarning a'lo bahosiga va e'tiroflarga sazovor bo'ldi.
Husanning ma'lum qilishicha, yaqin kunlarda bu qo'shiq uchun videoklip ham suratga olinadi. Ayni vaqtda xonanda birgalikda ijod qiluvchi hamkorlari bilan klip g'oyasi borasida muhokamalar olib borishmoqda. Klip haqidagi ma'lumotlar albatta saytimiz orqali e'tiboringizga havola etiladi. Bizni kuzatishda davom eting!
Manba: www.popcorn.uz
Категория: Shou-Biznes Yangiliklari | Просмотров: 286 | Добавил: Shahbozbek_Studio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar