Uzoq muddatga chet el safariga ketaturib raqamingizni saqlab qolishni istaysizmi?
Yangi "Raqamni saqlab qolish" xizmati bilan Siz Kompaniya xizmatlaridan uzoq muddat foydalanmagan holda o‘z abonent raqamingizni 6 yoki 12 oyga saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Xizmat faollashtirish narxi:
Raqamni 6 oyga saqlab qolish - $3.9
Raqamni 12 oyga saqlab qolish - $6.9
Xizmatni boshqarish:
Faollashtirish - *145*1#
Bekor qilish - *145*2#
Xizmat holati - *145*3#
"Raqamni saqlab qolish" xizmati faollashtirilgandan so‘ng
Abonent hisobidan (abonent to‘lovi uchun) mablag‘ yechilishi to‘xtatiladi;
Bepul/pullik aloqa xizmatlari (qo‘ng‘iroq, SMS, Internet, qo‘shimcha xizmatlar va hokazo) faoliyati to‘xtatiladi;
Hisobni to‘ldirish imkoniyati to‘xtatiladi;
USSD-so‘rov cheklangan holatda (*100# , *102#-*109#, *120#, *450#*) faoliyat yuritadi;
Asosiy balans (masalan, SMS va Internet to‘plamlar) muddati, "Raqamni saqlab qolish" xizmati faoliyati muddatiga uzaytiriladi;
"Qo‘ng‘iroqlar tafsilotlari", "SIM kartani almashtirish" xizmatlari Kompaniyaning bosh ofislarida, xizmat ko‘rsatish uchun hisobda zarur mablag‘lar mavjud bo‘lsa amal qiladi.
* "Raqamni saqlab qolish" xizmati faol abonentlari uchun 450# raqamiga USSD so‘rovning narxi - $0.
Xizmatni bekor qilish uchun, *145*2# USSD-so‘rov yuborishingiz kerak. Xizmat bekor qilingach amaldagi tariflardan biriga bepul o‘tish imkoniyati beriladi. Faqat USSD-menyudagi tariflarga o‘tish mumkin *145*2#.
Diqqat!
Xizmatni faollashtirish uchun raqam hisobida $3.91 yoki $6.91 dan kam bo‘lmagan mablag‘ bo‘lishi lozim;
Xizmat muddatidan avval, 180 yoki 365 kun tugagunga qadar bekor qilinsa, xizmatdan foydalanilmagan kunlar uchun mablag‘ qaytarilmaydi;
6 yoki 12 oydan so‘ng xizmat bekor qilinmasa, 181 yoki 366 kunidan bo‘shlab kunlik abonent to‘lovi $0.05 avtomatik ravishda olina boshlaydi. 90 taqvimiy kun davomida Abonent hisobi $0ga teng yoki $0dan kam bo‘lsa, operator tomonidan shartnoma bir tomonlama bekor qilinadi;
"Raqamni saqlab qolish" xizmati bekor qilingach, raqam amaldagi tarif rejalardan biriga o‘tkazilgandan so’ng, abonent pullik/bepul xizmatlarni (qo‘ng‘iroq, SMS, Internet, qo‘shimcha xizmatlar va hokazo) faolashtirish va foydalanish imkoniga ega bo‘ladi;
"Raqamni saqlab qolish" xizmati bekor qilingach, raqam amaldagi tarif rejalardan biriga o‘tkazilgandan so‘ng, "Raqamni saqlab qolish" xizmati faollashtirilgan paytda mavjud bo‘lgan asossiy balansdagi bonuslar (masalan, SMS, Internet-to‘plamlar) yana amal qila boshlaydi, va bu bonuslar tanlangan tarif reja doirasida belgilanuvchi bonuslarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi;
Roumingda ximatni boshqarish imkoniyati, "Rouming-Online" xizmati oldindan faollashtirilgan holatdagina mavjud bo‘ladi.
|