11:57 Tamiladan yangi qo’shiq “Seni Sevaman” | |
Estradamizda Tamila noodatiy yo’nalishdagi qo’shiqlari va videokliplari bilan ajralib turishi barchaga ayon. Shu sabab ham uning ashaddiy muxlislari doim sevimli xonandalaridan yangidan yangi ijod namunalarini intizorlik bilan kutishadi. Ana shunday yangi qo’shiqlardan navbatdagisi bugun “O’zbegim taronasi” radiosi orqali prem’era sifatida taqdim etildi. FM 101 to’lqinida ilk marta jarang sochgan “Seni Sevaman” taronasining matn muallifi Nodir Azimov qalamiga mansub. Musiqasini Najot Agzamov bastalagan, Jasur Abdurahmonov unga musiqiy sayqal bergan. Tamila o’zining yoqimli ijrosi bilan to’liq ravishda muxlislarga taqdim etilgan qo’shiq tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ayniqsa, taronaning matni ko’pchilikka manzur bo’lgani ma’lum bo’ldi. Insonlar hayotidagi o’lmas mavzu bo’lgan muhabbat tarannum etilgan qo’shiq sizning ham musiqiy javoningizdan joy olsa, ajab emas. Taronani tinglashga ulgurmagan bo’lsangiz, saytimiz orqali tinglab, baho berishingiz mumkin! Marhamat... | |
|
Всего комментариев: 0 | |