11:59
Shohruhxondan eksklyuziv prem’era “Sen Arazlama Go’zalim” taronasini qarshi oling!
Fevral oyida muxlislari uchun kutilgan konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirayotgan Shohruhxonning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar ham bugungi kunda omma diqqat markazida. Shou-biznesda ko’zga ko’ringan xonanda hisoblanmish Shohruhxonning shaxsiy hayoti ayni vaqtda barchani qiziqtirishi tabiiy. Bu munosabatlar uning qo’shiqlarida ham aks etarmikan? Bu savolga o’zingiz javob topishingiz mumkin.
Bugun Shohruhxon tomonidan taqdim etilgan yangi qo’shiq mavzusi o’zgacha. Taronaning matn muallifi aynan xonandaning o’zi ekanligini alohida ta’kidlash zarur. “Sen Arazlama Go’zalim” nomli tarona mohir aranjirovka ustasi Jasur Badalboyev bilan hamkorlikda tayyorlangan. Odatda Jasur Badalboyev professional darajada ijod namunasi yaratishini inobatga olganda, bu safargi qo’shiq ham xitga aylanishiga ishonish mumkin.
Sevgi-muhabbat tuyg’usi Shohruhxonga qay darajada ta’sir qilmoqda? Yangi taronani tinglasangiz, bunga o’zingiz xulosa qilishingiz mumkin! Marhamat...
Категория: Shou-Biznes Yangiliklari | Просмотров: 331 | Добавил: Shahbozbek_Studio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar