07:55 Samandar Hamroqulov "Qaydanam suydima" deb nima demoqchi? | |
Oldiniga “Kelinchak” ozgina vaqt o'tib esa “Qaydanam suydima” deya honish qilmoqchi bo'layotgan iste'dodli honanda, aktyor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Samandar Hamroqulov tez kunda o'zining yangi ijod mahsulini o'z muhlislariga taqdim etish ilinjida. Samandar: - Yangi qo'shig'imni kuni kecha yozib tayyorladik. O'zimga ma'qul kelgan zamonaviy va milliy ohanglardan iborat bu taronada qo'shnay, dutor hamda skripka kabi musiqa asboblaridan foydalanilgan. Raqsga chorlovchi yoshlarbop yangi qo'shig'im muhlislarga manzur keladi, deb umid qilaman. "Qaydanam suydima" nomli qo'shiqning she'ri Ahad Qayum qalamiga mansub bo'lib mazkur tarona 10 dekabr kuni "Turkiston" san'at saroyida bo'lib o'tadigan shoir Ahad Qayumning ijodiy kechasida katta sahnada ijro etilishi rejalashtirilmoqda. Ayni damda esa Samandarning xayolida bir fikr, ya'ni klip uchun qaysi klipmeyker tezroq yaxshi g'oya taklif etsa o'sha rejissyor bilan hamkorlik qilish niyatida. Mazkur yangi taronani tez kunda saytimiz orqali birinchilardan bo'lib tinglab, baho berishingiz mumkin bo'ladi. Manba: www.popcorn.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |