14:10 Ruhshonaning muxlislariga atagan sovg'alari | |
![]() O‘tgan 2014 yil shou biznes vakillari orasida o‘z muxabbatini topgan va oila rishtalarini bog‘lab, baxt qasriga qadam qo‘ygan xonandalar ko‘p bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shov-shuvli tuy-tantanalar esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Estradamizda oz fursat ichida o‘z iste’dodini namoyon etib, muhlislari qalbini zabt etgan Ruhshona ham oppok kelinlik libosida baxt qasri malikasiga aylandi. Kinofilьmlarda ijro etgan rollari, taniqli san’atkorlarga suratga olgan videokliplari bilan tanish bo‘lgan Sanjar Matkarimov bilan turmush qurgan xonanda, endilikda san’at bilan birga oila ma’suliyatini birdek olib borishni zimmasiga oldi. ![]() Biroz fursat tanaffus qilgan Ruxshona endilikda ijod qilmas emish, degan gap-so‘zlar paydo bo‘lganini inobatga olib, u bilan bog‘landik. Ijodkorning aytishicha, bunday mish-mishlarga hech qanday asos yo‘q va oldinda uning muxlislariga atalgan sovg‘alari bisyor ekan. Yangi yaratilayotgan ijod namunalaridan biri ''Shekilli'' taronasi yaqin kunlarda tayyor bo‘ladi. ![]() Aytgancha, yangi taronaning matn va musiqa muallifi iste’dodli ijodkor Eldor Qayumov bo‘lib, mazkur qo‘shiq uchun Sanjar Matkarimov boshchiligida videoklip suratga olinishi rejalashtirilgan. Biz esa bu ijodiy juftlikka baxt tilaymiz va ulardan yangi ijod namunalarini kutib qolamiz. ![]() | |
|
Всего комментариев: 0 | |