19:39 Messi Gabondagi stadion qurilishiga birinchi g‘ishtni qo‘ydi | |
“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Gabonning Port-Jantil shahrida quriladigan stadionning ilk g‘ishtini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi, deb xabar qiladi “ Championat.com”. Tadbirda Messi bilan birgalikda Gabon prezidenti Ali ben Bongo Ondimba ham ishtirok etdi. Forvard birinchi marta Gabonga tashrif buyurdi. U marosimdan oldin “Barselona” futbolkasiga qoldirgan dastxatlarini ulashdi. Ushbu qurilayotgan stadionda 2017-yilgi Afrika Millatlar Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. “Bir necha yil oldin men Barselonaga borganman va u yerda Messini uchratganman. Lionel mehmonga kelishga va’da bergandi. Leo o‘z so‘zining ustidan chiqdi”, — dedi Bongo Ondimda. manba: daryo.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |