07:57
Jasur Umirovdan yangi taronani qarshi oling - "Erkatoy"
Noodatiy yo'nalishdagi qo'shiqlari va kliplari orqali ko'plab yuraklarni zabt etishga erishgan Jasur Umirov yana bir yangi ijodiy ishini bugun "O'zbegim Taronasi" radiosi orqali taqdim etdi.
Sho'x ohangdagi yangi tarona "Erkatoy" deya nomlanadi. Qo'shiq Jasur Umirovning g'oyasi asosida yaratilgan bo'lsa, unda "xonanda erkatoy qizlardan aziyat chekibdi" deya xulosa qilish mumkin.
Raqsbop taronaning musiqasini Temur Rahmon bastalagan, matnini esa Zafar Qodirov yozgan. "Erkatoy" kabi sho'x yo'nalishdagi taronalar tashrif qog'oziga aylanib qolgan Jasur Umirovning muxlislari bu qo'shiq uchun klip ham suratga olish taklifini bildirishdi. Bu taklifga tez orada oydinlik kiritishga va'da beramiz.
Manba: www.popcorn.uz
Категория: Shou-Biznes Yangiliklari | Просмотров: 323 | Добавил: Shahbozbek_Studio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar