07:47 Jahongir Poziljonovdan shov-shuvli klip - "Baqaloq" | |
Bugungi kunda o'ziga xos yo'nalishdagi qo'shiqlari va kliplari orqali minglab muhlislar qalbidan mustahkam joy olgan Jahongir Poziljonov yana bir hazilomuz tarzda yozilgan taronani taqdim etmoqda. Jahongir Poziljonov bu safar og'ir vaznli insonlarni madh etishni maqsad qildi va “Baqaloq” nomli qo'shiqni yozdi. Bu borada ijodkor Bobur Umarov bilan hamkorlik qildi. Shu tariqa, xazilomuz satrlarga boy tarona dunyoga keldi. Jahongir Poziljonovga xos bo'lgan yo'nalishdagi tarona uchun videoklip ham suratga olingani haqida ma'lum qilgandik. Javlon Shodmonov rejissyorligida Jonrid Sagdiev tomonidan tasvirga olgan klip tarona bilan birgalikda eksklyuziv ravishda tantanali “POPCORN” taqdimot marosimida premyera qilingandi. Konsert dasturiga o'zgacha fayz va quvnoq kayfiyat bahsh etgan Jahongir Poziljonovning chiqishiga olqishlar tinmagandi. Bugun ana shu qo'shiq va klipni e'tiboringizga havola etamiz. Jahongir Poziljonovning yangicha ko'rinishi yuzingizga tabassum hadya etishi, shubhasiz. Manba: www.popcorn.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |