13:10 Facebook 10 yil ichida birinchi marta logotipini o‘zgartirdi | |
Facebook ijtimoiy tarmog‘i 2005-yildan buyon ilk marta o‘zining logotipini o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda Meduza. Kompaniya bu o‘zgarishni o‘zining do‘stona munosabati va ochiqligini ko‘rsatish sifatida izohlagan. Yangi logotip dizayner Erik Olson tomonidan ishlangan. U ijtimoiy tarmoqning hozirgi logotipini yozish uchun Klavika shriftini ishlab chiqqan. Facebook faqatgina nomi to‘liq yozilgan uzun logotipni o‘zgartirdi. Bosh sahifaning yuqori chap burchagidagi “f” harfi o‘zgarishsiz qolgan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |