18:41 Botir Yaminovdan tarbiyaviy ahamiyatga ega tarona - "Yomondan" | |
Iste'dodli ijodkor Botir Yaminov biz bilan bog'lanib ijodida yangiliklar qilgani haqida Xabar berdi. Hushovoz xonanda bu safar boshqa taronalaridan tubdan farq qiluvchi, kuchli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan qo'shiq tayyorlaganini aytdi. Tarona, hayotning past balandliklari, oqu qorasi, farzandning ona oldidagi burchi va har bir onaning farzandiga qilgan duosi doim ijobat bo'lishi haqida so'zlaydi. Qo'shiq nomi “Yomondan” deya nomlanib, musiqa g'oyasi va aranjirovkasi yosh ijodkor Sunnat Ahmedovga tegishli. Matni esa Shoxjahon Ergashev qalamiga mansubdir. Mazkur tarona Botir Yaminovning tinglovchilari va muhlislari qalbidan munosib o'rin egallaydi degan umiddamiz. | |
|
Всего комментариев: 0 | |