07:53
"BenoMedia"dan tez kunda yangi mahsulot: Chuqur ma'noga ega klip
Yaqindagina o'zining yangi taronasini taqdim etgan serqirra ijodkorlar Sarvar va Komil uchun bu yil sermahsul ijod pallasi bo'ldi desak adashmaymiz. Nafaqat qo'shiq kuylash, balki shoirlik, bastakorlik va aktyorlik borasida ham iste'dodli ekanliklarini isbotlashdi.
Guruhning “Yog'adi yomg'ir” deb nomlangan taronasi premyera bo'lishi bilanoq muhlislar qalbidan joy olib, hattoki xit-paradlarning yuqori pog'onalaridan joy olishga ham ulgurdi.
Bugungi kunda esa muxlislarning istaklariga binoan “BenoMedia” tomonidan mazkur qo'shiq uchun videoklip suratga tushirildi. Klip syujeti yoshlar hayotidan olingan bo'lib, chuqur ma'noga ega va har doimgidek kutilmagan yakun topadi. To'rt kun davomida suratga olingan klipning g'oyasi Sarvar va Komilning o'zlariga tegishli. Klipda ularga operator va montaj ustasi Behzod Po'latov, rejissyor Bahrul Qurbonovlar yaqindan yordam berishdi. Bosh rollarda esa: Bahodir Umar, Dinara Isalieva, Bahrul Qurbonov, Otabek Mahkamov va Feruza Sobitovalar ishtirok etishdi.
Yana bir narsani aytib o'tish joiz, Sarvar va Komil tomonidan taqdim etiladigan mazkur videoklip, iste'doli aktyor va bugungi kunda rejissyor deb ham atashimiz mumkin bo'lgan Bahrul Qurbonovning ilk debyut ishi. Demak, ijodkorlarning tez kunda saytimiz orqali premyera etiladigan “Yog'adi yomg'ir” taronasining videoklipini tomosha qilib nafaqat yangi ijod mahsuli uchun balki Bahrul Qurbonovning ilk rejissyorlik ishi uchun ham birgalikda baho beramiz. Saytimizni kuzatib boring.
Manba: www.popcorn.uz
Категория: Shou-Biznes Yangiliklari | Просмотров: 272 | Добавил: Shahbozbek_Studio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar