07:50
Aziz Rametov muxlislarga katta tuhfa tayyorlamoqda
Yaqindagina “Ucharman” nomli o'ziga hos yo'nalishda yaratilgan taronasini yaratgan aktyor va honanda Aziz Rametov bu yil uchun rejasidagi maqsadlari bilan bo'lishdi.
Aslida 2009-yilda Shoxruhxon bilan hamkorlikda yaratilgan “Ucharman” qo'shig'i Aziz Rametovning yangi albomidan joy olishi kutilmoqda. Tez kunlarda esa bu tarona uchun klip suratga olish ishlari boshlanadi.
Aziz Rametovning ma'lum qilishicha, videoklipni Jasur Shametov tasvirga olishi rejalashtirilgan. Kutilmagan syujet aks etishini va'da qilgan serqirra ijodkor klip premerasini albatta saytimiz orqali taqdim etishga va'da berdi.
Aziz Rametov ijodidagi yana bir yangilik. Shu yil ichida yangi musiqiy albom taqdimoti o'tkazishni maqsad qilgan. Ayni kunlarda bu albomdan joy oladigan qo'shiqlar tayyorlanmoqda. Aytish kerakki, bu to'plamdan turli yo'nalishda yaratilgan qo'shiqlarni tinglashingiz mumkin. Ularning orasida janr jihatdan farq qiladigan taronalardan tashqari, o'zbek, rus va ingliz tillarida kuylangan qo'shiqlar ham joy oladi.
Bundan tashqari, Aziz Rametov albom taqdimotidan so'ng, muxlislari va albatta ota-onasi, shuningdek, kino ustalari oldida ham imtihondan o'tishiga to'g'ri keladi. Sababi uning ilk rejissyorlik ishi taqdim etiladi. Rejissyor sifatida ish olib borgan “Arslon izidan” deya nomlangan kartina kino shinavandalari e'tiboriga havola etilishi ko'zda tutilgan.
Aziz Rametovga ijodiy omad hamroh bo'lishini tilab qolamiz!
Manba: www.popcorn.uz
Категория: Shou-Biznes Yangiliklari | Просмотров: 267 | Добавил: Shahbozbek_Studio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
ComForm">
avatar