02:27 Avstraliyalik gitarachi konsert vaqtida yonib ketdi | |
Ijro vaqtida Klifford pirotexnika uskunasiga juda yaqin kelgan va natijada uning sochi o‘t olgan. Mashshoqdan tutun chiqishni boshlagan. U sahna ichkarisi tomon yugurib, sochiqni olgan va boshiga bosgan. Shundan so‘ng gitarachi sahnani tark etgan. Musiqachilar konsertni to‘xtatishga qaror qilishgan. “Maykl jabrlandi, shu sababli ham shouni davom ettira olmaymiz”, – dedi guruh a’zolaridan biri. Keyinroq Klifford Instagram’dagi sahifasida bint bog‘langan boshining suratini e’lon qilib, hayotiga hech narsa xavf solmayotganini ma’lum qilgan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |