07:45 Alisher Fayzdan bir necha tuxfa | |
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, "Zuhraxon"ni o'zinimas, ro'molini qo'shiq qilgan xonanda Alisher Fayz muxlislari uchun bir necha sovg'a hozirladi. Honanda shu yilning bahor oyida taqdim etgan "Yuragimga yaqinsiz" konsert dasturini DVD disklarida sotuvga chiqardi. Ushbu konsert dasturiga tusha olmaganlar uchun bu ayni yaxshi yangilik. Bundan tashqari ijodkor o'zining "Gulbahorim" kompozitsiyasi uchun maxsus klip olishni rejalashtirgan hamda ushbu jarayon uchun tayyorgarlik ayni avjida. Darvoqe, yana bir yangi qo'shiq ham yuqoridagi sovg'alar bilan bir qatorda tez orada taqdim etilishi rejalashtirilgan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |